O'zbekiston

Xorazmda temiryo‘l idorasiga ishga kiritish uchun pora olgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Xorazmda temiryo‘l idorasiga ishga kiritish uchun pora olgan shaxs ushlandi

 

Xorazm viloyatining Urganch tumanida fuqaro temiryo‘l idorasiga ishga kiritish uchun pora olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

 

Joriy yilning 30-avgust kuni Xorazm viloyati IIB Transportda XTB boshlig‘i nomiga S.S. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, Urganch temir yo‘l tashkilotida ishlovchi «A» ismli shaxs o‘zining mansabdor tanishlari orqali uni temiryo‘l idoralaridan biriga ishga kiritib qo‘yish evaziga 3000 AQSH dollari pul talab qilayotganligini yozib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Arizaga asosan o‘tkazilgan tadbir davomida 1996-yilda tug‘ilgan Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi R.A. arizachi fuqaro S.S.dan kelishilgan 3000 AQSH dollar pullarni Urganch shahridagi «Javohir» choyxonasida olgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"