O'zbekiston

Issiq kunda gazlangan va energetik ichimliklar ichish mumkin emas—mutaxassis

Jaziramadan himoyalanish uchun qanday suyuqliklar iste’mol qilish kerak?

Issiq kunda gazlangan va energetik ichimliklar ichish mumkin emas—mutaxassis

 

Quyosh nuri inson salomatligi uchun juda foydali. Ayniqsa, infraqizil nurlar tanada qon aylanishini yaxshilab, organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarni faollashtiradi. Biroq quyoshdan keladigan issiqlik har doim ham inson tanasiga foydali ta’sir etavermaydi. Xususan, yozning jazirama kunlarida oftob urishidan ehtiyot bo‘lish lozim.


Tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva jazirama kunlarda issiqdan himoyalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 


Mutaxassisning aytishicha, jazirama issiq harorat keksalar, surunkali kasalliklar (yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish a’zolari, metobolik va ruhiy xastaliklar) bilan og‘riydigan bemorlar uchun xavfli. Shu sababli bunday paytda bir necha tavsiyalarga amal qilish lozim.


Avvalo, ko‘chaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matolardan tikilgan yengil libos kiyish, issiqdan saqlaydigan bosh kiyim, ko‘zoynak va soyabonlardan foydalanish maqsadga muvofiq.


Shuningdek, imkon qadar yog‘li, dudlangan taomlarni iste’mol qilmaslik, tez buziladigan ovqatlardan ehtiyot bo‘lish kerak. 


Tanada suv balansini ushlab turish uchun kuniga o‘rtacha 2-3 litr suyuqlik (sovutilgan ko‘k choy, gazsiz mineral suv, mevali, kam yog‘li sutli ichimliklar, quritilgan mevalarning qaynatmalari) ichish tavsiya etiladi.


Gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva iste’mol qilish mumkin emas. 


Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlaydi.


Qolaversa, jazirama payti imkon qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan joyda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmaslik tavsiya etiladi. Agar shunday bo‘lgan taqdirda quyoshdan himoyalanish uchun bosh kiyim kiyish, ora-ora salqin joyda dam olish maqsadga muvofiq. 


Jazirama payti quyosh urishi — eng xavfli holat bo‘lib, u tashqi termal omillar ta’sirida organizmning umumiy qizib ketishi natijasida yuzaga keladi. Jabrlanuvchida ko‘ngil aynishi, qusish, burundan qon ketish, ko‘rishning buzilishi, yurak urishi va nafas olish kuchayadi.


Og‘ir holatlarda esa alahsirash boshlanadi. Tana harorati, hatto, 41-42 darajagacha ko‘tarilishi, chuqur behushlik holati kuzatilishi mumkin.


Bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga ko‘chirib o‘tkazish lozim. So‘ng gorizontal holda yotqizilib, oyoqlarini sal ko‘tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xo‘llangan matoni yurak sohasiga qo‘yish kerak. Shuningdek, unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"