O'zbekiston

O‘zbekiston sug‘urta bozori rivojlanish tendensiyalari xalqaro hamjamiyat nigohida

Poytaxtimizda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda sug‘urta faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston sug‘urta bozori rivojlanish tendensiyalari xalqaro hamjamiyat nigohida

 

Nufuzli xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Toshkent moliya instituti va “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil qilinib, unda xalqaro sug‘urta hamjamiyati, sohaning mahalliy va xorijiy ekspertlari hamda tahlilchilari ishtirok etdi.

 

 

Anjumanda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sug‘urta sektorining rolini oshirish, iqtisodiyotning real sektori, tashqi va ichki investitsiyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug‘urta yo‘li bilan himoyalashning xalqaro tajribasini o‘rganish va muhokama qilish, fuqarolarga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish va aholining sug‘urta madaniyatini oshirish, sug‘urta bozorini tartibga solishning prudensial normalarini takomillashtirish hamda sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash borasida soha ekspertlari tomonidan qimmatli fikrlar bildirildi.

 

 

Konferensiyaning yalpi yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta xizmatlari bozori jadal surʼatlar bilan rivojlanayotganligini, xususun, bugungi kunda 42 ta sug‘urta kompaniyalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga 150 dan ortiq sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilayotganligini alohida qayd etdilar.

 

"Sug‘urta — bu juda murakkab xizmat, bu haqda isteʼmolchida maxsus bilimlarning yetishmasligi tufayli to‘g‘ri tushunchani shakllantirishi juda qiyin. O‘z navbatida, sug‘urtalovchi bu sohada yetarli darajada mutaxassis hisoblanadi va ushbu ko‘nikmalari orqali isteʼmolchiga nisbatan o‘zining vazifasini suisteʼmol qilishi mumkin. Sug‘urta xizmatlarining xususiyatlaridan biri esa bu sug‘urta mukofotlarini to‘lash shartlari va sug‘urtalovchilar tomonidan majburiyatlarni bajarish o‘rtasidagi juda muhim vaqt oralig‘i hisoblanadi. Shuning uchun sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalovchi kelajakda sug‘urta to‘lovlarini qanchalik amalga oshirishi mumkinligini baholashi mijoz uchun juda qiyin bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, davlatning asosiy vazifalaridan biri sug‘urtalovchilar faoliyatining ishonchliligini taʼminlashdir.

Sug‘urta shartnomalari yuridik nuqtai nazardan juda murakkab hujjatlardir va shuning uchun maxsus maʼlumotsiz sug‘urta qildiruvchiga ularning formulirovkalarini tushunish, sug‘urtalovchi unga qanday xizmatlar ko‘rsatishini, shartnoma matni qonunchilik talablariga qay darajada javob berishini tushunishi oson emas.

Shu munosabat bilan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida asosan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan ommaviy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalari shartlarini nazorat qilish yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar shartlariga qaraganda ancha qatʼiyroq ekanligini taʼkidlash mumkin, chunki yuridik shaxslar zarur bilimlarga ega mutaxassislarni jalb qilishi mumkin", — dedi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev.

 

Kunning ikkinchi yarmida konferensiyaning 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan seksiyalarida davom etgan yig‘ilishlarda davlatga tegishli yirik sug‘urta kompaniyalarini transformatsiya qilish, sug‘urta kompaniyalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning xalqaro standartlarini joriy qilish, eng muhimi, sug‘urta mahsuloti isteʼmolchilarining manfaatlarini ishonchli himoyasini taʼminlash borasida amalga oshirilgan qator ijobiy ishlar xususida fikr almashildi.

 

 

Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga tobora integratsiyalashuvi, global xavf-xatarlarning oshib borishi, xalqaro sug‘urta hamjamiyati, sohaning ekspertlari va tahlilchilari oldiga hal etilishi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan qator vazifalarni ilgari surayotganligi ushbu xalqaro anjumanda maʼruza bilan chiqish qilgan xorijlik olim va mutaxassislar tomonidan alohida tilga olindi.

 

Konferensiya ishida 200 ga yaqin soha mutaxassislari, ekspertlar, tahlilchilar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi. Jumladan, Polsha, Turkiya, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlardan olim va mutaxassislarning o‘z maʼruzalari bilan chiqishlari konferensiya qatnashchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

custom img

Prezident Surxondaryoda 7,1 mlrd dollarlik yangi loyihalarni boshlab berdi

Viloyatga tashrif davomida davlat rahbari investorlar bilan ham suhbatlashdi.

custom img

Toshkentda 10-sinf bola YPX xodimini urib yubordi

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda sumalak saylida ishtirok etdi

Davlat rahbari Jarqo‘rg‘on tumanida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va ijtimoiy infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"