O'zbekiston

Anomal issiq sabab O‘zbekistonda poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi

Shuningdek, ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan.

Anomal issiq sabab O‘zbekistonda poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi

 

O‘zbekistonda anomal issiq kuzatilayotgani sababli poyezdlar tezligiga cheklov kiritiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar qildi.


Avvalroq “O‘zgidromet” joriy yilning 25–29-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishini ma’lum qilgandi. Hozirda issiq havo massalari kirib kelishda davom etmoqda. 


Bunday issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida anomal issiqlik tufayli poyezdlar tezligiga cheklov belgilangan. Shu sababli poyezdlar belgilangan manzillarga kechikib borish holatlari kuzatiladi. 
Bundan tashqari, havo haroratining keskin ko‘ratilishi tufayli ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan.


Xususan, bugun:
—Toshkent–Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 10-sonli Sharq poyezdi;
—Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 768F-sonli;
—Buxoro–Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 765 hamda 769 sonli“Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari;
—Xiva–Andijon yo‘nalishida harakatlanadigan 656 sonli;
—Xiva–Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 50-sonli;
—Toshkent–Qo‘ng‘iroq yo‘nalishida harakatlanadigan 54-sonli yo‘lovchi poyezdlari manziliga harakat jadvalidan  kechikib borishi kuzatilmoqda.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"