Jahon

Solovyov Italiya bosh vazirini haqorat qildi

Italiya Solovyovning haqoratlari ortidan Rossiya elchisini chaqirtirdi.

Solovyov Italiya bosh vazirini haqorat qildi

Italiya Rossiyaning mamlakatdagi elchisini Bosh vazir Jorja Meloniga nisbatan aytilgan haqoratli so‘zlar yuzasidan norozilik bildirish uchun chaqirtirdi. Bu haqda Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tajaniga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

“Men Rossiya elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirdim va Rossiya televideniyesida boshlovchi Vladimir Solovyev tomonidan aytilgan o‘ta jiddiy va haqoratli bayonotlar yuzasidan rasmiy norozilik bildirdim”, — deb yozdi Tajani X ijtimoiy tarmog‘ida.

 

Qayd etilishicha, bir daqiqalik lavhada Solovyev italyan tilida so‘kinib, Melonini “o‘ta ketgan ahmoq” va undan ham og‘irroq so‘zlar bilan haqorat qilgan. 

 

Shuningdek, u rus tilida Melonini “saylovchilarga butunlay boshqa narsalarni va’da qilgan holda ularga xiyonat qilgan fashist chiqindi” deb atagan.

 

Solovyev yana shunday degan: “Xiyonat — uning ismlaridan biri. U avval sodiqlik bildirgan Donald Trampni ham sotdi.”

 

Meloni Ukrainaga Rossiya bosqinidan beri harbiy va fuqarolik yordami ko‘rsatib kelayotgan o‘ng qanot hukumatiga rahbarlik qiladi. Biroq uning koalitsiyasiga Kreml bilan yaqin aloqalari bo‘lgan “Liga” partiyasi ham kiradi.

 

So‘nggi paytlarda Meloni avval yaqin ittifoqchi bo‘lgan Tramp bilan munosabatlarini sovutgan. U Eron bilan bog‘liq mojaro masalasida masofa saqlab, AQSh prezidentining Papa Leoga nisbatan keskin tanqidlariga ochiq e’tiroz bildirgan.

 

Bu holat Vladimir Solovyev tomonidan xorijiy yetakchilar va boshqa davlatlarga nisbatan yangrayotgan ilk keskin bayonot emas. U joriy yil yanvar oyida Rossiyani Markaziy Osiyo va Armanistonda “maxsus harbiy amaliyot” o‘tkazishga chaqirgan edi.

 

O‘shanda u Armaniston hamda Markaziy Osiyo Rossiya uchun Suriya yoki Venesueladan ham muhimroq ekanini ta’kidlab, ushbu hududlarni yo‘qotish katta muammolarga olib kelishini bildirgan. Shuningdek, u Markaziy Osiyo mintaqasini “bizning Osiyo” deb atagan.

 

custom img

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan.

custom img

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashga olti oy ketadi — Pentagon

Bo‘g‘ozdagi ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilgan edi.

custom img

Buyuk Britaniya Parlamenti yoshlar uchun chekishni umrbod taqiqlovchi qarorni ma’qulladi

Hujjat tamaki mahsulotlari tarkibi, ta’mi va qadoqlanishini ham nazorat qilish vakolatini beradi.

custom img

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

AQSh prezidentiga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani sabab kuniga 500 million dollar daromad yo‘qotmoqda.

custom img

Eron AQSh va Isroil tahdidlariga javob qaytarishga tayyorligini bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi vakili mamlakat harakatlari qonuniy mudofaa huquqi doirasida ekanini bildirdi.

custom img

Germaniya aviakompaniyasi yonilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

custom img

AQSHda 11 nafar olim sirli tarzda yo‘qoldi

Maxfiy ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan olimlar o‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"