Jinoyat

Qashqadaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Xodim fuqaroga yer maydoni uchun qo‘llanilgan jarimani bekor qilib bermoqchi bo‘lgan.

Qashqadaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Qarshi tumanidagi Kadastr agentligi bo‘limi yetakchi inspektori ushlangan. U mansabdor tanishlari orqali fuqaro tomonidan noqonuniy egallab olingan 12 sotix yer maydoni uchun qo‘llanilgan 82 mln so‘m jarimani bekor qilish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

 

Shu kabi holat Shahrisabz tumanida ham qayd etildi. Unda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan 59 yoshli shaxs hamda Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali xodimi o‘zaro til biriktirib, mahalliy dehqon xo‘jaligiga tegishli 9 sotix yer maydonini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7 ming AQSH dollari talab qilgan. Ular oldindan 4 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga olingan.

 

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Qashqadaryoda lolazorni payhon qilgan haydovchilar jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

custom img

Sirdaryoda taqiqlangan modda mavjud ozdiruvchi qahvalar to‘xtatib qolindi

Haydovchi mazkur mahsulotlarni 200 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

custom img

Farg‘onada daryo bo‘yidan 50 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari topildi

Hozirda giyohvandlik vositalariga aloqador shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

U yong'in xavfsizligi talablarini buzgan muassasa rahbaridan ishni sudga oshirmaslik uchun pul talab qilgan.

custom img

O'zbekistonda Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg giyohvand modda savdosi to‘xtatildi

Qonunbuzarlar mazkur giyohvandlik vositalarini Xorazm viloyatida sotmoqchi bo‘lgan.

custom img

Chirchiqda ona-bolani urib yuborishiga oz qolgan haydovchi “pravasi”dan mahrum bo‘ldi

Shuningdek, haydovchiga 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

custom img

Surxondaryoda mansabdor pora bilan ushlandi

U bo‘shaydigan bino va yer maydonini auksion orqali sotib olib berish uchun pul talab qilgan.

custom img

Surxondaryoda YTH sodir etib, dugonasining o‘limiga sabab bo‘lgan qiz qamaldi

Haydovchi tezlikni oshirib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgani oqibatida transport vositasi yo‘ldan chiqib, daryoga tushib ketgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"