Jinoyat

Surxondaryoda mansabdor pora bilan ushlandi

U bo‘shaydigan bino va yer maydonini auksion orqali sotib olib berish uchun pul talab qilgan.

Surxondaryoda mansabdor pora bilan ushlandi

Surxondaryo viloyatida mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kirgan. U bo‘lim yaqin vaqtda boshqa joyga ko‘chishini aytib, bo‘shaydigan bino va yer maydonini tanishlari orqali auksionda sotib olib berish evaziga mansabdor shaxs fuqarodan 3000 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 2 ming AQSH dollari va 12 million so‘m pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda taqiqlangan modda mavjud ozdiruvchi qahvalar to‘xtatib qolindi

Haydovchi mazkur mahsulotlarni 200 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

custom img

Qashqadaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Xodim fuqaroga yer maydoni uchun qo‘llanilgan jarimani bekor qilib bermoqchi bo‘lgan.

custom img

Farg‘onada daryo bo‘yidan 50 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari topildi

Hozirda giyohvandlik vositalariga aloqador shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

U yong'in xavfsizligi talablarini buzgan muassasa rahbaridan ishni sudga oshirmaslik uchun pul talab qilgan.

custom img

O'zbekistonda Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg giyohvand modda savdosi to‘xtatildi

Qonunbuzarlar mazkur giyohvandlik vositalarini Xorazm viloyatida sotmoqchi bo‘lgan.

custom img

Chirchiqda ona-bolani urib yuborishiga oz qolgan haydovchi “pravasi”dan mahrum bo‘ldi

Shuningdek, haydovchiga 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

custom img

Surxondaryoda YTH sodir etib, dugonasining o‘limiga sabab bo‘lgan qiz qamaldi

Haydovchi tezlikni oshirib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgani oqibatida transport vositasi yo‘ldan chiqib, daryoga tushib ketgan.

custom img

Toshkent aeroportida sport ozuqasi sifatida qadoqlangan narkotik moddalar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan 350 ming dollar qiymatdagi sintetik narkotik modda topildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"