Jinoyat

Chirchiqda ona-bolani urib yuborishiga oz qolgan haydovchi “pravasi”dan mahrum bo‘ldi

Shuningdek, haydovchiga 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Chirchiqda ona-bolani urib yuborishiga oz qolgan haydovchi “pravasi”dan mahrum bo‘ldi

Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchiga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

12-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan, tezlikni kamaytirmagan holda tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ona va bolani urib yuborishiga oz qolgan holat aks etgan video tarqalgandi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan qidiruv va surishtiruv ishlari davomida ushbu qoidabuzarlikni 33 yoshli, taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchi sodir etgani aniqlangan. Haydovchining bildirishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda u isitmasi ko‘tarilgan 5 yoshli farzandini olib ketayotgan bo‘lgan va piyodalarni payqamay qolgan.

 

Mazkur holat piyodalar hayotiga tahdid sifatida baholanib, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi (yo‘l bezoriligi) asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan sud qaroriga ko‘ra, haydovchi aybli deb topilib, unga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yil muddatga mahrum etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

custom img

O'zbekistonda Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg giyohvand modda savdosi to‘xtatildi

Qonunbuzarlar mazkur giyohvandlik vositalarini Xorazm viloyatida sotmoqchi bo‘lgan.

custom img

Surxondaryoda mansabdor pora bilan ushlandi

U bo‘shaydigan bino va yer maydonini auksion orqali sotib olib berish uchun pul talab qilgan.

custom img

Surxondaryoda YTH sodir etib, dugonasining o‘limiga sabab bo‘lgan qiz qamaldi

Haydovchi tezlikni oshirib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgani oqibatida transport vositasi yo‘ldan chiqib, daryoga tushib ketgan.

custom img

Toshkent aeroportida sport ozuqasi sifatida qadoqlangan narkotik moddalar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan 350 ming dollar qiymatdagi sintetik narkotik modda topildi.

custom img

Odam savdosining yarmidan ko‘pini jinsiy ekspluatatsiya tashkil etadi — IIV

2025-yilda odam savdosi bilan bog‘liq 177 ta holat kuzatilgan bo‘lib, uning 92 tasi jinsiy ekspluatatsiyaga to‘g‘ri kelgan.

custom img

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan janjal fojia bilan yakunlandi

Marhumning o‘limiga ko‘krak qafasiga yetkazilgan jarohat va  yurak qismi zararlanishi sabab bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda sudya pora bilan qo‘lga olindi

U o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ foydasiga hal qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Toshkent aeroportida giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi

U 6 kilogrammdan ortiq giyohvand moddani yuklari orasiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"