Jinoyat

Odam savdosining yarmidan ko‘pini jinsiy ekspluatatsiya tashkil etadi — IIV

2025-yilda odam savdosi bilan bog‘liq 177 ta holat kuzatilgan bo‘lib, uning 92 tasi jinsiy ekspluatatsiyaga to‘g‘ri kelgan.

Odam savdosining yarmidan ko‘pini jinsiy ekspluatatsiya tashkil etadi — IIV

2025-yilda O‘zbekistonda odam savdosi bilan bog‘liq 177 ta holat kuzatilgan bo‘lib, uning 92 tasi shahvoniy ekspluatatsiyani tashkil etgan. Bu haqda 11-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV Tezkor qidiruv departamenti bosh mutaxassisi Odilbek O‘rinov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

 

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, hozirgi kunda odam savdosining asosiy turlari sifatida shahvoniy ekspluatatsiya, mehnat ekspluatatsiyasi va chaqaloq savdosi dolzarb hisoblanadi. 

 

Shu bilan birga, aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari hamda fuqarolarning huquqiy ongi oshishi natijasida chaqaloq savdosi va majburiy mehnat bilan bog‘liq holatlar ma’lum darajada kamaygan.

 

Shunga qaramasdan, shahvoniy ekspluatatsiya bilan bog‘liq jinoyatlar hanuz odam savdosining asosiy qismini tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, 2025-yil davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 72 nafar xotin-qiz aeroportlarda to‘xtatib qolingan. Bu orqali ularning jinsiy ekspluatatsiya qurboniga aylanishining oldi olingan.

 

Vazirlik vakiliga ko‘ra, mazkur turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari ham tahlil qilingan. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda yarim-yalang‘och kontent tarqatilishi, ommaviy madaniyat ta’siri hamda tez va oson daromad topish g‘oyasining targ‘ib qilinishi yoshlarni, ayniqsa qizlarni xavfli yo‘llarga boshlamoqda. Natijada ular aldovga uchrab, yengil daromad izlab xorijga chiqib ketish holatlari kuzatilmoqda.

 

Shuningdek, 2026-yilning yanvar–mart oylari davomida ham odam savdosi bilan bog‘liq 57 ta holat aniqlangani ma’lum qilindi.

 

O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda sodir etganlik uchun jazo muddati 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni tashkil etadi. Agar jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, aybdor shaxs 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

custom img

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan janjal fojia bilan yakunlandi

Marhumning o‘limiga ko‘krak qafasiga yetkazilgan jarohat va  yurak qismi zararlanishi sabab bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda sudya pora bilan qo‘lga olindi

U o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ foydasiga hal qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Toshkent aeroportida giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi

U 6 kilogrammdan ortiq giyohvand moddani yuklari orasiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektori pora bilan ushlandi

U mineral o‘g‘itlarini “Navoiy” chegara bojxona posti orqali o‘tkazib berganligi evaziga pul talab qilgan.

custom img

Toshkentda 6,7 milliard so‘mlik kripto-aktivlarni noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi telefonida turli akkauntlar orqali katta miqdorda kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan.

custom img

Toshkent aeroportida yo‘lovchining pulini o‘g‘irlagan chet ellik ushlandi

U jabrlanuvchini chalg‘itib, pul mablag‘larini yashirin ravishda olib qo‘ygan.

custom img

Toshkentda MChJ yerto‘lasidan 50 ming dollar o‘g‘irlagan “kurer” ushlandi

Unga pulni o'g'irlashda mazkur MChJ haydovchisi yordam bergan.

custom img

Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxslar ushlandi

Bolalarga majburiy ravishda saboq berilgan, ayrim hollarda ularga tan jarohatlari ham yetkazilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"