Jinoyat

Toshkent aeroportida giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi

U 6 kilogrammdan ortiq giyohvand moddani yuklari orasiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Toshkent aeroportida giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida giyohvandlik vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

 

Qayd etilishicha, Bangkokdan uchib kelgan xorijlik yo‘lovchilardan biriga tegishli qo‘l yuki va bagajlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida turli qadoqlar ichida 12 dona polietilen o‘ram yashirilgani aniqlangan.

 

Belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ushbu o‘ramlar ochib ko‘rilganida, ularning ichidagi yashil rangdagi o‘tkir hidli modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, 6.3 kg.dan ziyod og‘irlikdagi quritilgan marixuana ekanligi ma’lum bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Toshkent-Aero” IBK tezkor tuzilmalari va bojxona postlari xodimlari tomonidan joriy yilning dastlabki choragida aniqlangan 15 ta holatda salkam 30 kilogramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining, shu jumladan sintetik narkotiklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan. Aniqlanayotgan giyohvandlik vositalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 kilogrammga oshgan.

custom img

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

U yong'in xavfsizligi talablarini buzgan muassasa rahbaridan ishni sudga oshirmaslik uchun pul talab qilgan.

custom img

O'zbekistonda Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg giyohvand modda savdosi to‘xtatildi

Qonunbuzarlar mazkur giyohvandlik vositalarini Xorazm viloyatida sotmoqchi bo‘lgan.

custom img

Chirchiqda ona-bolani urib yuborishiga oz qolgan haydovchi “pravasi”dan mahrum bo‘ldi

Shuningdek, haydovchiga 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

custom img

Surxondaryoda mansabdor pora bilan ushlandi

U bo‘shaydigan bino va yer maydonini auksion orqali sotib olib berish uchun pul talab qilgan.

custom img

Surxondaryoda YTH sodir etib, dugonasining o‘limiga sabab bo‘lgan qiz qamaldi

Haydovchi tezlikni oshirib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgani oqibatida transport vositasi yo‘ldan chiqib, daryoga tushib ketgan.

custom img

Toshkent aeroportida sport ozuqasi sifatida qadoqlangan narkotik moddalar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan 350 ming dollar qiymatdagi sintetik narkotik modda topildi.

custom img

Odam savdosining yarmidan ko‘pini jinsiy ekspluatatsiya tashkil etadi — IIV

2025-yilda odam savdosi bilan bog‘liq 177 ta holat kuzatilgan bo‘lib, uning 92 tasi jinsiy ekspluatatsiyaga to‘g‘ri kelgan.

custom img

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan janjal fojia bilan yakunlandi

Marhumning o‘limiga ko‘krak qafasiga yetkazilgan jarohat va  yurak qismi zararlanishi sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"