O'zbekiston

Xorijiy tilda ta’lim olgan talabalar uchun magistraturada til sertifikati talab qilinmaydi

Ayrim yo‘nalishlarda sertifikat talabi saqlanib qoladi.

Xorijiy tilda ta’lim olgan talabalar uchun magistraturada til sertifikati talab qilinmaydi

O‘zbekistonda magistratura va doktoranturaga qabul tizimida muhim o‘zgarish joriy etilmoqda.Mazkur tartib 2026-yil 10-aprelda qabul qilingan oliy ta’limni takomillashtirishga oid prezident farmonida belgilandi.

 

Ma’lum qilinishicha, endilikda ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabalar uchun til sertifikati talabi bekor qilinadi. 

 

Xorijiy tillar yo‘nalishida C1 daraja, aniq fanlar, jurnalistika, huquq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajadagi sertifikat talabi amal qiladi.

 

Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab oliy ta’lim muassasalari milliy reyting natijalariga qarab moliyaviy rag‘batlantiriladi. Baholash mezonlari sifatida akademik va ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, raqamlashtirish darajasi hamda bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlari olinadi.  Reyting tizimini yuritish tartibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan belgilanadi.

 

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 10 ta oliy ta’lim muassasasiga milliy tadqiqot universiteti maqomi berilishi rejalashtirilgan.

 

Farmonga muvofiq, davlat oliygohlarida to‘ldirilmay qolgan grant o‘rinlari hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli xorijlik talabalar uchun “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali amalga oshiriladi. Qabul shartlari va tartibi esa oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"