Jahon

Dunyo Peter Madyarning Viktor Orban ustidan qozongan g‘alabasini olqishladi

Bir qator davlatlar yetakchilari Peter Madyarni g‘alaba bilan tabriklab, Vengriyaning Yevropa bilan yaqinlashuvi va demokratik yo‘nalishga qaytishini maq’ulladi.

Dunyo Peter Madyarning Viktor Orban ustidan qozongan g‘alabasini olqishladi

AQSh hamda Yevropaning bir qator mamlakatlari Peter Madyarning Viktor Orban ustidan g‘alabasiga munosabat bildirdi. Bu haqda Al Jazeera yozmoqda.

 

Avval xabar berilganidek, Vengriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari yakuniga ko‘ra, Peter Madyar yetakchiligidagi “Tisa” partiyasi ishonchli g‘alabaga erishdi. Natijada mamlakatni 16 yil davomida boshqargan bosh vazir Viktor Orban mag‘lubiyatini tan oldi.

 

Saylov uchastkalarining 97,35 foizi hisoblab chiqilgach, Peter Madyar partiyasi 53,6 foiz ovoz bilan 138 o‘rinni egallagan bo‘lsa, Viktor Orban boshchiligidagi millatchi “Fides” partiyasi 37,8 foiz ovoz bilan atigi 55 o‘ringa ega bo‘ldi.

 

Peter Madyar barcha vengrlarni birlashtirishga va’da berib, saylov natijalarini tarixiy ishonch mandati deb atadi. 

 

“Bugun kechqurun haqiqat yolg‘on ustidan g‘alaba qozondi”, — dedi u tarafdorlariga.

 

Mag‘lubiyatini tan olgan 16 yillik Bosh vazir Viktor Orban esa: “Saylov natijasi biz uchun og‘riqli, ammo aniq”, — dedi.

 

Saylov natijalari xalqaro maydonda ham keng aks-sado berdi. Yevropa va boshqa davlatlar yetakchilari Peter Madyarni g‘alaba bilan tabriklab, Vengriyaning Yevropa bilan yaqinlashuvi va demokratik yo‘nalishga qaytishini olqishladi.

 

Estoniya Bosh vaziri Kristen Mixal vengrlar “birlashtirilgan Yevropada erkin va kuchli Vengriya uchun tarixiy tanlov qilganini” aytdi. 

 

“Saylovdagi g‘alaba bilan tabriklayman! Estoniya, Vengriya va Yevropani birlashtiradigan yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman”, — dedi u.

 

Yevrokomissiya rahbari Ursula von der Lyayen Peter Madyarning g‘alabasini olqishlab: “Vengriya Yevropani tanladi. Mamlakat o‘zining Yevropa yo‘liga qaytmoqda. Ittifoq yanada kuchayadi. Yevropa har doim Vengriyani tanlagan — birgalikda biz kuchliroqmiz”, — deya yozdi.

 

Finlyandiya Bosh vaziri Petteri Orpo vengrlar Yevropa Ittifoqi va NATOning faol a’zosi bo‘lish istagini namoyon etganini ta’kidladi. 

 

“Bu natija Vengriyaga qadriyatlar va xavfsizlik hamjamiyatiga qaytish imkonini beradi”, — dedi u.

 

Fransiya Prezidenti Emmanuel MaKron Peter Madyarni g‘alaba bilan tabriklaganini ma’lum qildi. 

 

“Fransiya demokratik ishtirok g‘alabasini, vengr xalqining Yevropa qadriyatlariga sodiqligini olqishlaydi”, — dedi u.

 

Germaniya Kansleri Fridrich Merz: “Vengr xalqi o‘z tanlovini qildi. Kuchli, xavfsiz va, eng muhimi, yagona Yevropa uchun birgalikda ishlashni kutaman”, — dedi.

 

Litva Prezidenti Gitanas Nauseda natijani “Vengriya va Yevropa uchun katta g‘alaba” deb atadi.

 

Norvegiya Bosh vaziri Jonas Geyr Stor Peter Madyar muvaffaqiyatini Yevropa uchun muhim deb baholadi.

 

Polsha Bosh vaziri Donald Tusk g‘alabani olqishlab” “Yana birgamiz! Ajoyib g‘alaba!” deya yozdi va vengr tilida “Ruslar, uyga qayting!” deya qo‘shimcha qildi.

 

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Vengriya bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. “Yevropa va undagi har bir davlat yanada kuchli bo‘lishi kerak”, — dedi u.

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bu g‘alabani “nafaqat Vengriya, balki Yevropa demokratiyasi uchun tarixiy lahza” deb atadi.

 

AQSh tomonidan hozircha rasmiy izoh berilmadi. Biroq AQSh Kongressi Vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Hakim Jeffrays ushbu natijani keskin baholab, uni o‘ng qanot siyosatiga zarba sifatida talqin qildi.

 

Vengriyada saylov kampaniyalari boshlanganidan buyon Donald Tramp Viktor Orbanni qo‘llab kelgan. Xususan, saylovlar arafasida AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens ham Budapeshtga tashrif buyurgan edi.

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

custom img

NATO AQShga yordam bermagan va bermaydi — Tramp

AQSh prezidenti alyans ishonchliligiga shubha bildirib, keskin bayonot berdi.

custom img

Qirgʻizistonda Qamchibek Tashiyevga yaqin shaxslar hibsga olindi

Sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va biznes vakillari qo‘lga olingan.

custom img

Ikki kun ichida muzokaralar bo‘yicha muhim o‘zgarish bo‘lishi mumkin — Tramp

Vashington va Tehron muloqoti uchun yangi joylar, jumladan Yevropa ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Shunga o'xshash holatlar Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya va Serbiyada ham qayd etilgan.

custom img

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

custom img

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"