O'zbekiston

O'zbekiston fuqarosi AQSH sanksiyasiga uchradi

AQSh bu qarorni noqonuniy kiber faoliyat bilan izohlamoqda.

O'zbekiston fuqarosi AQSH sanksiyasiga uchradi

 

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi — OFAC Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, to‘rt nafar shaxs hamda uchta kompaniyani cheklovlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda RBC nashri xabar berdi.

 

Sanksiyalar ro'yxatiga Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan Matrix (Operation Zero) kompaniyasi, shuningdek, BAA hududida joylashgan Advance Security Solutions va Special Technology Services kompaniyalari kiritilgan.

 

Shuningdek, ro‘yxatga Rossiya fuqarolari Sergey Zelenyuk, Oleg Kucherov, Marina Vasanovich hamda O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Mamashoyev kiritilgan.

 

AQSh rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, sanksiyalar noqonuniy kiber faoliyat bilan bog‘liq. Xususan, Sergey Zelenyuk “Operation Zero” loyihasi orqali dasturiy ta’minotdagi zaifliklardan ruxsatsiz kirish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki elektron qurilmalarni boshqarish imkonini beruvchi eksploitlarni sotishda gumon qilinmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning kompaniyasi 2022–2025 yillar oralig‘ida amerikalik mudofaa pudratchisidan o‘g‘irlangan sakkizta eksploitni 1,3 million dollar evaziga sotib olgan.

 

Marina Vasanovich Zelenyukning yordamchisi sifatida, Special Technology Services esa u tomonidan boshqariladigan tuzilma sifatida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

AQSh rasmiylari, shuningdek, Azizjon Mamashoyev Advance Security Solutions kompaniyasini nazorat qilishi va ushbu kompaniya ham kiber eksploitlar savdosi bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

 

Bundan tashqari, Oleg Kucherov Trickbot xakerlik guruhi bilan aloqador shaxs sifatida qayd etilgan. AQSh tomoni mazkur choralarni noqonuniy kiber faoliyatga qarshi kurash doirasida qo‘llanilganini ta’kidladi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimini joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Surxondaryoda “Media haftalik” boshlandi

Tadbir ishtirokchilari real keyslar, amaliy treninglar va jonli muhokamalar orqali zamonaviy media jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda 2,2 million nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqladi

“Kreditga taqiq” xizmati orqali foydalanuvchilar o‘z nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.

custom img

O‘zbekistonda dala chetlariga ekin ekmaganlar jarimaga tortiladi

Har yili 1-mayga qadar chetlariga ekin ekilmagan yerlar hamda ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq organlariga taqdim etiladi.

custom img

Toshkent viloyati tog‘larida yo‘qolgan 4 yoshli bola topildi

Bolaning oila a’zolari uni tog‘ tepasida uni unutib qoldirgan.

custom img

Xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlarga javob bermang — DXX

Abonentning ovozi yozib olinib, keyinchalik sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirilgan holda yaqinlarini aldashda qo‘llanilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"