O'zbekiston

Amudaryoda suv toshqinlari bo‘lishi mumkin

Bunga kuchli yog‘ingarchilik sabab bo'lmoqda.

Amudaryoda suv toshqinlari bo‘lishi mumkin

Turkmaniston Gidrometeorologiya xizmati Tojikiston va Afg‘onistonda kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan, Amudaryoda suv sathining ko‘tarilishi haqida ogohlantirmoqda.

 

Xabarga ko‘ra, Amudaryoning asosiy kuzatuv punkti "Kerki" gidropostida 21-23 may kunlari suv sathi noldan 290-310 santimetrgacha, "Turkmanobod"da 22-25 may kunlari 270-300 santimetrgacha, "Darg‘on-Ota"da 480-500 santimetrgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

 

Meteojurnal 18 va 23-mayda olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini solishtirgan. Bunda ham Amudaryoda suv sathining ko‘tarilishi 18 may kuniga nisbatan 23 mayda sezilarli ko‘payib ketganini ko‘rish mumkin.

 

Ehtimol, Amudaryoda suv toshqinlariga Tojikiston va Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir sabab bo‘lmoqda. 16-18 may kunlari Tojikistonning bir necha mintaqalarida juda kuchli yomg‘ir yog‘di, ob-havo stansiyalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joylarda kuniga 50 mm va undan ortiq yog‘ingarchilik kuzatilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"