Siyosat

Shakarli ichimliklar turli kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi

Har yili dunyo bo‘ylab 8 milliondan ortiq odam noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etadi.

Shakarli ichimliklar turli kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 8 milliondan ortiq odam noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etadi.

 

Inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlar orasida turli gazlangan shirin ichimliklar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. Ularning zarari yosh organizmda darrov sezilmasligi mumkin, ammo vaqt o‘tib, bunday ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qilishning oqibatlari ayanchli bo‘lishi mumkin.

 

Shirin, ya’ni tarkibida shakar, shirinlantiruvchi yoki shakar o‘rnini bosuvchi moddalar mavjud bo‘lgan ichimliklarni iste’mol qilish kaloriyalarning ko‘payishi, ortiqcha vazn, semizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida esa qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa yuqumli bo‘lmagan xastaliklar rivojlanish xavfi ortadi.

 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarkibida shakar bo‘lgan va shakar bo‘lmagan shirin ichimliklarni iste’mol qilish kuniga 250 millilitrga ko‘payishi semizlik rivojlanish ehtimolini mos ravishda 12 foiz va 21 foizga, qandli diabet 2 turini 19 foiz va 15 foizga, arterial gipertoniyani 10 foiz va 8 foizga va barcha sababdan o‘limni 4 foiz va 6 foizga oshiradi.

 

Xususan, shakarli ichimliklarni ko‘p iste’mol qiladigan bolalarda uni kam iste’mol qiladigan bolalarga nisbatan ortiqcha vazn yoki semirish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. Shuningdek, shakarga boy ichimliklar va oziq-ovqatlar odamlar, ayniqsa, bolalar, o‘smirlar va yoshlar rasionida ortiqcha kaloriyalarning asosiy manbai bo‘lishi mumkin.

 

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"