Siyosat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

 

Buxoro shahrida oʻtkazilayotgan “National AI Hackathon” – sunʼiy intellekt boʻyicha umummilliy xakatonga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tashrif buyurdilar.

 

Mazkur tadbir mamlakatda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosat doirasida tashkil etilgan boʻlib, unda raqamlashtirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish borasida erishilgan natijalar taqdim etildi.

 

Xususan, “Raqamli hukumat” tizimi, transport, bojxona, soliq, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, energetika, geologiya, qurilish hamda qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Ushbu yoʻnalishlardagi islohotlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va aholining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston startaplarini qoʻllab-quvvatlash ekotizimi taqdim etildi. Davlat rahbarlari qator istiqbolli loyihalar faoliyati bilan tanishib, ularning mualliflari bilan muloqot qildilar.

 

Milliy va xalqaro akseleratorlar, jumladan “UZUM”, “TBC Bank”, “Aloqabank”, “HUMO” va “UZCARD” faoliyati yuzasidan ham maʼlumotlar berildi. Venchur infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash hamda innovatsion gʻoyalarni amaliyotga joriy etish muhimligi alohida qayd etildi.

 

Xakaton doirasida ishtirokchilar tomonidan turli sohalardagi dolzarb muammolarga yechim boʻladigan loyihalar taqdim etildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning ijodiy salohiyati va sunʼiy intellekt texnologiyalariga boʻlgan qiziqishi yuqori baholandi.

 

Tadbir yakunida davlat rahbarlari xakaton ishtirokchilari va startap hamjamiyati vakillari bilan esdalik uchun suratga tushdilar.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbari Yermek Kosherbayevni qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport, energetika hamda gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"