Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi
Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakatga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari kutib oldi.

Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi.

Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.







