Siyosat

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, viloyat boshqaruvining intellektual o‘zagiga aylangan zamonaviy situatsion markaz Buxoroning yangi ma’muriy markazida tashkil etildi. Bu yerda dastlabki bosqichda viloyat va shahar hokimliklari, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa tuzilmalar joylashgan.

 

Markazda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan tortib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, kommunal va transport infratuzilmasi, jamoat xavfsizligi holati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashgacha, umuman, viloyat hayotining barcha jabhalari bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida shakllanadi, qayta ishlanadi va tizimli ravishda tahlil qilinadi.

 

 

Oliy martabali mehmonga markazning hududlar kesimida vaziyatni kompleks monitoring qilish, muammoli nuqtalarni barvaqt aniqlash, joylardagi ish samaradorligini xolis baholash va belgilangan vazifalarning bajarilishini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha imkoniyatlari aniq misollar asosida ko‘rsatib berildi.

 

 

Shundan so‘ng yetakchilar hokimlik xodimlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Yangi bino zamonaviy ish joylari, majlislar zallari, raqamli infratuzilma bilan jihozlanib, davlat idoralarining samarali va uyg‘un bo‘lib ishlashi uchun barcha zarur qulayliklar ta’minlangan.

 

 

Tashrif davomida Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari ham ko‘rsatildi. Bu O‘zbekistonda aniqlangan, Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy va Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegim maqbaralariga aloqador 1920–1950-yillarga oid qimmatli hujjatlar, chizmalar va fotomateriallardir.

 

Qardosh qozoq xalqiga va ikki mamlakatning umumiy tarixiga hurmat belgisi sifatida ushbu arxiv hujjatlarining nusxalari Qozog‘iston tomoniga hadya qilindi.

 

Hozirgi kunga qadar aksariyati ilmiy muomalaga kiritilmagan bu materiallar katta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Noyob me’morchilik yodgorliklari bo‘lgan Ahmad Yassaviy va Robiya Sultonbegim maqbaralari Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy tarixiy-madaniy merosida alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbari Yermek Kosherbayevni qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport, energetika hamda gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

custom img

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Buxorodagi zamonaviy to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

“Shoyigul” brendi ostidagi tikuv-trikotaj mahsulotlari asosan Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniya bozorlariga eksport qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"