Siyosat

Prezident O‘zbekiston—Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi

Mirziyoyev Guandun forumining navbatdagi uchrashuvni Samarqandda o‘tkazishni taklif qildi.

Prezident O‘zbekiston—Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi

 

Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan birgalikda Shenchjen shahrida o‘tayotgan qo‘shma Investisiya forumida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari o‘tgan yil may oyida Xitoyga davlat tashrifi doirasida ham ushbu mamlakat ishbilarmon, moliya va investisiya doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. O‘shanda erishilgan muhim kelishuvlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sheriklikni yanada kengaytirdi. Bugungi investisiya forumi samarali muloqotning davomi bo‘lib, ikki mamlakat idoralari va hududlari rahbarlarini, Xitoy yirik biznesining 600 nafardan ziyod vakilini to‘pladi. Xitoyning Milliy neft-gaz korporatsiyasi, Milliy kimyo-injiniring kompaniyasi, Aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi, “China Energy”, “Gezhouba Group”, “China CAMC Engineering”, “Huawei Technologies”, “SANY Renewable Energy”, “BYD Auto Industry”, “Xinjiang Hualing Group”, “ZTE”, “TBEA”, “Universal Energy” kompaniyalari, Xitoy taraqqiyot banki, Davlat taraqqiyot banki, Eksport-import banki shular jumlasidan. Davlatimiz rahbari forumni ochar ekan, barcha ishtirokchilarni samimiy qutladi va tadbir haqli ravishda Xitoyning innovatsiyalar poytaxti hisoblangan Shenchjen shahrida o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no mujassam ekanini ta’kidladi. - Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va o‘zaro manfaatli munosabatlar, birinchi navbatda, iqtisodiy hamkorlik aloqalaridan kuch oladi, - dedi Prezident. Kecha XXR Raisi Si Szinpin bilan samarali muzokaralar o‘tkazilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan natijalardan biri mamlakatlarimiz biznes vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuvlar bo‘ldi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"