Siyosat

Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyasi raisini qabul qildi

Uchrashuv Prezidentning Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida amalga oshirildi.

Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyasi raisini qabul qildi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-oktyabr kuni Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Amer International” industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri bo‘lgan “Amer International” yuksak texnologiyalar, elektronika, yarimo‘tkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya “Fortune 500” global reytingiga kirgan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy qiymati 60 milliard dollardan ziyod bo‘lgan loyihalarni amalga oshirmoqda.

 

Van Venin O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturi xorijiy, shu jumladan Xitoy kompaniyalari uchun qulay sharoit yaratayotgani va keng imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi.

 

Kompaniya O‘zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi biznesining bosh yo‘nalishi sifatida qarayotgani qayd etildi.

 

Misni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion va xaridorgir mahsulotlar, shu jumladan elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari, mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

 

“Amer International” kompaniyasi raisi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatida ishtirok etishi, O‘zbekistonda mintaqaviy ofis ochish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"