Siyosat

Mirziyoyev ukrainalik 1-sinf o‘quvchilariga sovg‘a yubordi

Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi ma'lum qildi.

Mirziyoyev ukrainalik 1-sinf o‘quvchilariga sovg‘a yubordi

O‘zbekiston ukrainalik bolalarga insonparvarlik yordamini yubordi 

O‘zbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlar nomidan ukrainalik bolalarga insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu yordam paketidan erkaklar, ayollar va bolalar uchun futbolkalar, shuningdek, 2000 ta birinchi sinf to‘plami o‘rin olgan. To‘plamdan maktab sumkasi, daftar, rasm daftari, rangli qog‘oz, plastilin to‘plami, ruchka, yelim, qalam, rangli qalam, akvarel va qalam qutisi kiritilgan.

Gumanitar yukni Ukraina — O‘zbekiston do‘stligi xalqaro jamiyati rahbari Lyubomir Bashinskiy qabul qilib olgan. 

Birinchi sinf o‘quvchilari uchun to‘plamlar Zakarpat viloyati maʼmuriyatining ko‘chirilganlar markaziga topshirilgan. Ular Xarkov, Xerson, Nikolayev va Zaporojye viloyatlaridan yetimlar va ko‘chirilganlarning bolalariga topshiriladi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"