Siyosat

Senat raisi Minskda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi

Shuningdek, joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

Senat raisi Minskda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi

Uchrashuvda Lukashenko o‘zining Toshkentga tashrifi Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligida amalga oshirilganini urg‘ulagan

“Belarus munosabatlarni rivojlantirishga va har qanday texnologiyani baham ko‘rishga tayyor. Biz sizni doim qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki sizning tinchliksevarlik, qo‘shnilar va boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlar yo‘lingiz bizning ham yo‘nalishimizdir”, – degan u.

Lukashenko Belarusning SHHTga aʼzo bo‘lishi masalasida ko‘rsatilayotgan yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan.

U, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni O‘zbekistonga taklif qilganini aytgan: “Yaqin kunlarda qochib, sizning tog‘laringizga tashrif buyurishga harakat qilaman”. Tanzila Norboyeva O‘zbekiston prezidentining salomi va mamlakatga tashrif buyurish uchun taklifini yetkazgan.

Belarus Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Lukashenko joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida O‘zbekistonga tashrifi buyurishi kutilmoqda.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"