Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda Prezident Qozog‘iston bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni qabul qildi.

 

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, yangi amaliy mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Suhbat avvalida tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu davlat rahbariga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani, jumladan, parlamentlar, hukumatlar, hududiy maʼmuriyatlar, jamoatchilik va tadbirkorlar darajasida sermahsul muloqotlar amalga oshirilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Qo‘shma Hukumatlararo komissiya va Ishchi guruh samarali faoliyat yuritmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi ko‘payib, ikki mamlakat yetakchi korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya ko‘lami kengaymoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam o‘tkazib borilmoqda.

 

Uchrashuvda siyosiy muloqotlarni yana-da faollashtirish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridagi loyihalarni jadallashtirish, gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik va sheriklikni mustahkamlash choralarini ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"