Jahon

Kim Chen In snaryadlarni eksport qilmoqchi–OAV

Bu BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzishni anglatadi.

Kim Chen In snaryadlarni eksport qilmoqchi–OAV

 

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In snaryadlar eksport qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda OAV xabar tarqatdi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta payshanbadan shanbagacha KXDR yetakchisi asosiy qurol-yarog‘ zavodlarini, jumladan, yirik kalibrli raketa tizimlari va strategik qanotli raketalar uchun dvigatellar ishlab chiqaradigan zavodlarni ko‘zdan kechirgan.

 

Oxirgi tekshiruvlar bir nechta maqsadlarni ko‘zlagan ko‘rinadi – mamlakatning mudofaa sohasidagi yutuqlarini namoyish etish, Seul va Vashingtonning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javob berish va qurol eksportiga erishish.

 

Agar bu harakatlar qurol eksportini anglatsa, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzgan hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"