O'zbekiston

Asosiy talab – xalqning davlatdan roziligiga erishish

Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bugun bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning taʼsirchan mexanizmiga aylandi.

Asosiy talab – xalqning davlatdan roziligiga erishish

 

Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bugun bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning taʼsirchan mexanizmiga aylandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning eng samarali va tizimli faoliyatini taʼminlashda muhim o‘rin tutmoqda.

 

Birgina Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonalarining virtual tizim hisobotlari orqali joriy yilning birinchi yarmidagi faoliyatini sarhisob qiladigan bo‘lsak, o‘tgan davrda virtual va Xalq qabulxonalariga 61 mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslardan turli masalalarda murojaatlar kelib tushgan.

 

Eʼtiborlisi, bu murojaatlarning 40 mingga yaqini (73 foizi) qanoatlantirilgan. 866 tasi rad etilgan, 185 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 13 mingga yaqini bo‘yicha asosli tushuntirish berilgan. Viloyat aholisi tomonidan asosan, pensiya taʼminoti va ijtimoiy himoya (5,4 ming), sud qarorlarini ijro etish, aliment va qarz undirish (5,4 ming), elektr energiyasi (4,6 ming), gaz taʼminoti (4,1 Ta), huquqbuzarliklar haqida xabar berish (4,5 ming), moddiy yordam va homiylik (3,6 ming), uy-joy (1,8 ming), bandlik (1,6 ming), yo‘l infratuzilmasi (1,5 ming), davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish (1,4 ming), yer munosabatlari (1,2 ming), huquqni muhofaza qilish xodimlari faoliyati (1,2 ming), mehnatga haq to‘lash (1,1 ming), mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish (1026) va ichimlik suvi taʼminoti (1079) masalalari ko‘tarilgan.

 

Xalq bilan muloqot tizimini yana-da takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik va idoralar, sektorlar, shahar va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabullar ham yaxshi samara bermoqda. Joriy yilning 6 oyi davomida viloyatda 1798 marotaba ana shunday ommaviy qabullar o‘tkazildi.

 

Qabullar davomida 18458 nafar fuqarodan 19070 ta murojaat kelib tushdi va 8705 tasi (45 foizi) ijobiy hal etilgan.

 

Jumladan, Samarqand viloyati hokimi, birinchi sektor rahbarining Jomboy tumani Olmazor mahallasidagi sayyor qabulida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida mahallaning 7 qishlog‘iga 305 dona tayanch beton ustunlar, 12,0 kilometr SIP kabellari, 6 dona qo‘shimcha transformator o‘rnatilmoqda. 5 kilometr ichki tuproq yo‘llari shag‘allashtirildi. Yana 15,5 kilometr ichki yo‘llarni taʼmirlash ishlari boshlandi. Mahalladagi 41-umumiy o‘rta taʼlim maktabi rekonstruksiyasiga kirishildi.

 

Pastdarg‘om tumani hokimi, birinchi sektor rahbarining Amir Temur nomli mahallasidagi sayyor qabulidan so‘ng hududdagi transformator punkti taʼmirlandi. Qo‘shrabot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, to‘rtinchi sektor rahbarining Ozod mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulida fuqaro Bahrom Rahmonov qishlog‘i hududidagi taʼmirtalab elektr tarmoqlarini yangisiga almashtirib berishda amaliy yordam so‘ragan edi.

 

Bu masala ham qisqa vaqtda ijobiy hal etildi.

 

Tayloq tumani Shopo‘lot mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda esa mahallaning bir guruh fuqarolari hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashda amaliy yordam berish to‘g‘risida murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat Xalq qabulxonasi nazorati ostida joyida ko‘rib chiqildi va 1,5 kilometr suv tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilib, 50 xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi alohida nazoratga olinib, virtual tizim orqali tegishli masʼul idora va tashkilotlarga yuborilmoqda.

 

Aholining davlatdan va islohotlardan roziligiga erishish borasida bevosita Xalq qabulxonalari tomonidan ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, viloyat Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan Payariq tumani Sarbozor mahallasi O‘rtasaydov qishlog‘ida yashovchi A.Ochilovning uy-joyi o‘ta taʼmirtalab holatga kelib qolganligi aniqlanib, homiylar jalb qilingan holda xonadon to‘liq qayta taʼmirdan chiqarildi.

 

Tumanning Ko‘lto‘sin mahallasida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan G.Otamurodovaning uy-joyi ham shu tartibda taʼmirlandi. Bulung‘ur tumani Yangiariq mahallasi aholisini juda ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolar ham Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan bartaraf qilindi. Yaʼni 1,5 kilometr ariq-zovurlar tozalandi, 2 kilometrdan ortiq ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, hozirda 1,3 kilometr yo‘lga asfalt yotqizilmoqda.

 

Qo‘shrabot tumani Namuna mahallasi yashovchi Elmurod Xo‘janovning qishloq hududidagi yo‘llarni taʼmirlab, asfalt qilib berish bo‘yicha tuman Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati joyiga chiqib o‘rganilgach, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qishloqdagi 1,2 kilometr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi, 2 kilometr yo‘l qum-shag‘al yotqizilib, taʼmirlandi. Ishtixon tumani Zarband mahallasida yashovchi fuqaro M.Nursodiqovning turmush o‘rtog‘ida murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab tuman Xalq qabulxonasiga murojaati ham ijobiy hal etildi. Bemor viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida imtiyozli yo‘llanma asosida davolanib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va salomatligi tiklandi.

 

Bu kabi misollarni ko‘p keltirish mumkin. Muhimi, aholining Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga har bir murojaati ijobiy hal etilishiga erishilmoqda. Shu bilan birga aholi murojaatlari hamda aniqlangan muammolarga eʼtiborsizlik qilgan, bu borada qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 350 dan ortiq mansabdor shaxslar bo‘yicha Xalq qabulxonalari tomonidan mahalliy kengashlarga axborot hamda davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnoma va takliflar kiritilgan. Ushbu hujjatlar asosida 303 nafar masʼul xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"