O'zbekiston

Prezident saylovi bo‘yicha AQSH munosabat bildirdi

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarini bevosita kuzatdi.

Prezident saylovi bo‘yicha AQSH munosabat bildirdi

 

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlar bo‘yicha bayonot berdi va Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini eʼlon qildi.

 

«AQSH elchixonasi O‘zbekiston vatandoshlarini saylovdagi ishtiroki uchun olqishlaydi hamda saylovda Prezident Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlaganliklarini qayd etadi. Prezident Mirziyoyev yangi vakolatlari doirasida o‘z vazifasini bajarishga kirishar ekan, Qo‘shma Shtatlar uning islohotlar va boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro nazorat va muvozanatni taʼminlash, shaxsiy huquqlarni himoya qilish kabi kun tartibida turgan masalalarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildiradi»,  — deyiladi bayonotda.

 

«Demokratik tizimlar saylov jarayonlarining yaxlitligini taʼminlashdan tashqari, ovoz berishda qatnashayotgan vatandoshlarni haqiqiy, raqobatbardosh tanlash imkoniyati bilan ham taʼminlashi lozim. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini kelgusi saylovlarda DIIHBning tavsiyalarini to‘liq bajarishga chaqiradi», — qayd etilgan bayonotda.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"