O'zbekiston

Nomzodlarning teledebat maydonidagi bellashuvi shartmi?

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi direktori v.b., siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Feruza Usarova saylovoldi nomzodlarning teledebat maydonidagi bellashuvi haqida fikrlarini birdirdi.

Nomzodlarning teledebat maydonidagi bellashuvi shartmi?

 

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi direktori v.b., siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Feruza Usarova saylovoldi nomzodlarning teledebat maydonidagi bellashuvi haqida fikrlarini birdirdi.

 

Yurtimizdagi Prezident sayloviga ham sanoqli kunlar qolmoqda. O‘tgan deyarli bir oy davomida nomzodlarning innovatsion va raqamli turli-tuman shakl hamda uslubdagi targ‘ibotini nazorat qilib bordik. Shu o‘rinda, kecha-kunduz Prezident saylovi kampaniyasida targ‘ibot-tashviqotning zamonaviy shakllaridan biri bo‘lmish partiyalararo teledebatning guvohi bo‘ldik. U davlatimizning demokratiya yo‘lidan shaxdam qadamlar bilan rivojlanib borayotgani, nomzodlarning teledebat maydonidagi bellashuvi muhim ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etdi.

 

Maʼlumki, teledebatlar uzoq tarixga ega. Ilk teledebatlar 1960 yil AQSHda, Rossiya Federatsiyasida 1995 yilda tashkil qilingani maʼlum. Bugungi kunda qator davlatlarda teledebatlar saylov jarayonlarining ajralmas qismi bo‘lib ulgurgan. Masalan, Singapurda 2020 yil shahar-davlatdagi 4 tadan ko‘p nomzod ko‘rsatgan partiyalar o‘rtasida,  Indoneziyada 2019 yil 17 fevralda prezidentlik uchun nomzodlar o‘rtasida, 2020 yil, 2022 yil va 2023 yil Qozog‘istonda parlament saylovi oldidan teledebatlar uyushtirildi. Ayniqsa, 2022 yilda Qozog‘istondagi navbatdan tashqari Prezident saylovida 6 nafar nomzoddan ilk marotaba 2 nafar ayol qatnashgan teledebatlar ekspertlar tomonidan jonli o‘tgani hamda baʼzi jihatlari esa tanqidiy baholanganini aytish joiz. 

 

Alohida eʼtibor berish kerakki, Sharqdagi teledebatlar G‘arbdagi tartibsiz, shovqin-suronli va janjalli teledebatlardan farq qiladi. Masalan, kechagina yurtimizda o‘tgan teledebatlarda nomzodlar sharqona madaniyat bilan bir-birini kamsitmay, gapini bo‘lmay, hurmat-izzat qilgan holda, fikrlarni bosiqlik bilan tinglab, tanqidiy va ilmoqli savollarga dadil, ishonch bilan, to‘liq va asosli javoblar berdilar, umumeʼtirof etilgan talablarni buzmagan holda tom maʼnoda qizg‘in va munozarali haqiqiy bellashuv olib borildi.

 

Uning o‘ziga xos jihatlari shundaki, birinchidan, har bir nomzod yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yutuq va kamchiliklarini nafaqat ochiq va oshkora, balki barchaga birdek tushunarli tilda, tanqidiy yondashgan holda bayon etganlari o‘tgan yilgi saylovlardan yaqqol farqini ko‘rsatdi. Unda kattayu kichik fuqarolar endi partiyalar nafaqat ijtimoiy muammolarga, balki inson qadri uchun muhim bo‘lgan barcha sohalarni qamrab olganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Masalan, Adolat partiyasi nomzodining “Ijtimoiy davlat – 2030” dasturini ishlab chiqish g‘oyasi, O‘zLiDep partiyasi nomzodining tashabbuslari esa aniqligi, hayotiy va amaliy ekani, har bir sohani tizimli va uzviy rivojlantirishga qaratilgani, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustun – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot hamda ajdodlarimizning boy merosiga asoslangan kuchli maʼnaviyat bo‘lishi, 2030 yilgacha “Isteʼdod – intilish – istiqbol” deb nomlangan maktab-internatlar tashkil etilishi, ularda ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun 70 foiz kvota ajratilishi ko‘pgina muammolarga yechim bo‘lishi xalqimizga maʼqul keldi. XDP partiyasi nomzodining qishloq yoshlarini keyinchalik o‘z qishlog‘ida ishlash sharti bilan davlat grantlari asosida pedagogik, tibbiyot va boshqa ixtisoslikdagi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga imtiyozli qabul qilish, Ekopartiya nomzodining “yashil” iqtisodiyotga mos va uning rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi kasb-hunar yo‘nalishlari ro‘yxatini tuzish va kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kabi g‘oyalari eʼtiborga loyiq bo‘ldi.

 

Ikkinchidan, saylovoldi jarayonlarida telebetlarning muhim ekani yana bir bor tasdiqlandi. Chunki bu debatlar nomzodlarning tashabbuslarini joyida qiyosiy taqqoslash, saralash va eng maʼqulini tanlash hamda jamoatchilik fikrini shakllantirishga imkoniyat yaratdi. Uchinchidan, kechagi teledebatda nomzodlarning tashabbuslari hayotiy va amaliy ekanini ko‘rsatdi. Har bir nomzod o‘z g‘oyasi uchun kurashgani, takliflarining ishlash mexanizmlari va chora-tadbirlarni aniq yoritishga harakat qilgani buning yorqin misoli bo‘ldi. To‘rtinchidan, teledebatlarning boshqa tarqoq holdagi saylovoldi tashviqotlardan afzalligi shundaki, unda bir vaqtning o‘zida barcha nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishish, qiziqtirgan savollarni berish, joyida yechimini ko‘ra olishning eng muvaffaqiyatli yo‘lidir. Kechagi teledebatlar fuqarolarning siyosiy bilimi va daxldorligi sezilarli darajada oshganini yana bir bor ko‘rsatdi.

 

Umuman olganda, nomzodlarning teledebat maydonidagi bellashuvi erkin fikrlash, o‘zaro hurmatni saqlagan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilishga qaratilgan vositaga aylanib bormoqda. Prezident saylovidagi teledebat saylovchilarga barcha nomzodlarning saylovoldi dasturlaridagi  hayotiy  muhim o‘zgarishlarga olib kela oluvchi g‘oyalarni anglab olish, ularga xolisona baho berish, oshkora saralash va munosib deb bilgan nomzodni tanlab olish yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishga yordam beradi.

 

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"