O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi

Nomzod o‘zining 7 yillik saylovoldi dasturi bilan tanishtirish davomid taʼlim, sog‘liqni saqlash va infratuzilmaga oid rejalari haqida ma`lumot berdi.

Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi

 

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun, 27-yun kuni saylovchilar bilan uchrashish uchun Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Nomzod jizzaxliklarni o‘zining 7 yillik saylovoldi dasturi bilan tanishtirish davomid taʼlim, sog‘liqni saqlash va infratuzilmaga oid rejalariga ham to‘xtaldi.

 

Shavkat Mirziyoyevning raʼkidlashicha, 2030-yilga qadar viloyatda yangi maktablar qurish, mavjudlarining quvvatini oshirish, shuningdek, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hisobiga qo‘shimcha 75 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi. 400 ta yangi bog‘cha tashkil etish hisobiga, viloyatda maktabgacha taʼlimga ehtiyoj to‘liq – 100 foizga qoplanadi.

 

"Barcha bog‘cha va maktablarda o‘g‘il-qizlarimiz uchun filtrlangan ichimlik suvi taʼminoti yo‘lga qo‘yiladi", – dedi nomzod.

 

Bundan tashqari, kelgusi yetti yilda Jizzaxda 85 ta tibbiyot muassasasi quriladi va taʼmirlanishi rejalashtirilgan. 

 

"Odamlarimizning uy-joyga ehtiyojini taʼminlash maqsadida, 2030-yilga qadar 25 ming oilaga mo‘ljallangan 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etiladi.

Viloyatda eng dolzarb bo‘lgan ichimlik suvi masalasiga eʼtiborni yana-da kuchaytiramiz. Kelgusi yilda Zarafshon daryosidan 160 kilometr magistral quvurni tortish hisobiga, Baxmal, G‘allaorol,  Sharof Rashidov, Do‘stlik, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahridagi 600 ming aholining suv taʼminoti tubdan yaxshilanadi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdaviloyatda  elektromobil ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, Xitoy kompaniyalari bilan:

 

  • 80 million dollar investisiya hisobiga yiliga yana 50 mingta avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi;

  • 130 million dollar investisiya hisobiga elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va kelgusi yillarda quvvati 300 ming donaga yetkaziladi.

 

Bundan tashqari, viloyatning Forish va G‘allaorol tumanlarida 750 Megavatt quvvatga ega quyosh stansiyalari ishga tushiriladi

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"