O'zbekiston

Barcha tuman va shaharlarda 2 tagacha saylov uchastkasida videokameralar o‘rnatiladi

Saylov kuni ovoz berish jarayoni onlayn videotranslyatsiya qilib boriladi.

Barcha tuman va shaharlarda 2 tagacha saylov uchastkasida videokameralar o‘rnatiladi

 

Joriy yil 9 iyulda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish ishlari jadal davom etmoqda. Bunda saylov uchastkalarini zarur jihozlar, texnika va boshqa anjomlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivojlanib, kundalik hayotimizdan muhim o‘rin egallamoqda, jamiyatimizning har bir jabhasiga jadal kirib bormoqda. Axborot asrida raqamli texnologiyalar taraqqiy etib borayotgan bir paytda saylov jarayonlarida ham ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ustuvor ahamiyat qaratilayotir. 

 

Bu borada Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Raqamli texnologiyalar va Ichki ishlar vazirliklari mutaxassislari bilan birgalikda takliflar ishlab chiqilib, saylov kuni ovoz berish jarayonini real vaqt rejimida (onlayn) video-translyatsiya qilish maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlari hududida joylashgan ikkitagacha saylov uchastkalarida videokamera va boshqa zarur qurilmalar o‘rnatish yuzasidan aniq choralar belgilandi. 

 

Bunda onlayn-translyatsiya uchun videokameralar o‘rnatiladigan uchastka saylov komissiyalari binolari, yaʼni ovoz berish joylari va xonalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tavsiyalari asosida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan shakllantiriladi.

 

Videokameralarni o‘rnatish va jihozlash Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” markazi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu kameralar orqali saylov kuni jarayonlarni onlayn translyatsiya qilish Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan taʼminlanadi. 

 

Saylov uchastkalarida o‘rnatilgan video-kuzatuv kameralari orqali saylovda ovoz berish jarayonlari MSKning rasmiy veb-saytida, Matbuot markazining led ekranlarida hamda MTRKning telekanallari orqali real vaqt rejimida translyatsiya qilib boriladi. Bunda saylovchilarning yashirin ovoz berish prinsiplariga to‘liq rioya etiladi. 

 

Taʼkidlash joizki, saylov uchastkalarida video-kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi saylov jarayonlarini, xususan, ovoz berish jarayonlarini xolis kuzatish hamda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi. 

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"