O'zbekiston

Qashqadaryo televideniyesi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular 81 mln so‘m gonorarni ortiqcha to‘laganlikda ayblanmoqda.

Qashqadaryo televideniyesi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Viloyat prokurorining fuqaro murojaatiga javoban yo‘llagan javob xatida yozilishicha, TB mansabdorlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi “v”, “g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) (mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 209-modda 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan ayblanmoqda.

 

"Murojaatingiz yuzasidan mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan qayta o‘rganishda muassasada jami 81 million 500 ming so‘m mualliflik haqi, ish haqi va boshqa to‘lovlar noqonuniy to‘lanib, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi", — deyiladi Qashqadaryo prokurorining murojaatchi Inobat Abdullayevga yo‘llagan javob xatida.

 

Inobat Abdullayevaning maʼlum qilishicha, prokuratura aniqlagan 81 million 500 ming so‘m miqdoridagi gonorar televideniye bosh muharriri hamda bir nafar jurnalist uchun yozilgan noqonuniy gonorar miqdori hisoblanadi.

 

"Bu hali ikki kishiga yozilgan noqoununiy gonorar miqdori. Televideniyeda ishlayotganlarga yozilayotgan noqonuniy gonorarlarni hisob-kitob qilsa, qancha miqdordagi byudjet puli noqonuniy to‘langanini bilib olish mumkin. Prokuratura tekshiruv jarayonlarini davom ettirishidan, davlat pullari talon-toroj qilinayotganini fosh etishidan umidvorman", — deydi jurnalist.

 

Shuningdek, jurnalistning aniqlik kiritishicha, Qashqadaryo TBga bir yilda gonorarlar uchun byudjetdan 2 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"