Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Italiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish zarurligi taʼkidlangan.

Shavkat Mirziyoyev Italiya bosh vaziri bilan uchrashdi

 

Rim shahridagi rasmiy tadbirlar dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kiji saroyida Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni bilan muzokara o‘tkazdi.

 

Davlat rahbari Italiya zaminida ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun dildan minnatdorlik bildirdi.

 

Italiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim va ishonchli sherigi ekani, keyingi yillarda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik faollashgani qayd etildi.

 

Bugun strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgach, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqdi. Ushbu, hech mubolag‘asiz, tarixiy voqea O‘zbekiston-Italiya ko‘p qirrali hamkorligini yana-da rivojlantirishda yangi muhim bosqichning boshlanishidir.

 

Bosh vazir Jorja Meloni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda ularning muvaffaqiyatiga ishonishini bildirdi.

 

Yetakchilar munosabatlarni ustuvor yo‘nalishlarda yana-da mustahkamlash istiqbollarini batafsil muhokama qildilar.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish asosiy vazifa ekani taʼkidlandi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi keyingi yillarda ikki barobar ko‘paydi. Metallurgiya, energetika, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

 

Kuni kecha o‘tgan biznes forumi davomida jami 9  mlrd yevrodan ziyod qiymatga ega investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

 

Amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini hisobga olib, tomonlar texnologik va innovatsion sheriklik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligini qayd etdilar.

 

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Madaniyat, italyan tilini o‘rganish, taʼlim va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat borligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Bosh vazir O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda sheriklik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonch muhitini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi hamda “Italiya – Markaziy Osiyo” hamkorlik formatini yana-da rivojlantirishga chaqirdi.

 

Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilar ekan, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni, shu jumladan, Termiz shahridagi logistika markazi imkoniyatlaridan foydalangan holda davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya Bosh vaziri Jorja Melonini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"