Siyosat

Baʼzi hududlarga yangi maqom beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Baʼzi hududlarga yangi maqom beriladi

 

«Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–171-son, 31.05.2023 y.) qabul qilindi.

 

Qaror bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tuzilmasida Situatsion markaz tashkil etildi.

 

2023-yil 1-iyulgacha «Toza hudud» davlat unitar korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga o‘tkaziladi.

 

2025-yil 1-yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari bo‘yicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi:

 

  • chiqindilarni yig‘ish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan;

  • ushbu chiqindilarni olib chiqib ketish va utilizatsiya qilish sanitar tozalash korxonalari tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.

 

2023-yil 1-iyuldan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga daʼvo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.

 

2024-yil 1-yanvardan Bo‘stonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi.

 

Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarida qog‘ozdan foydalanishni keskin kamaytirish, ayrim yo‘nalishlarda faoliyatni to‘liq raqamlashtirish orqali qog‘ozdan to‘liq voz kechish bo‘yicha nazorat o‘rnatishga masʼul etib belgilandi.

 

2024-yil 1-martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yig‘inlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"