O'zbekiston

Bu yil OTMga kirish imtihonlari yopiq inshootlarda o‘tkaziladi

Buning uchun 100 ga yaqin bino tanlab olingan.

Bu yil OTMga kirish imtihonlari yopiq inshootlarda o‘tkaziladi

 

Kecha, 13 may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Yig‘ilishda 2023/2024-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan.

 

Qayd etilishicha, 2023/2024-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

 

Shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 520 ta va qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topshirig‘i shakllantirilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan. Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 8 956 nafar talabgordan 4 000 nafarga yaqini saralab olingan va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.

 

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"