Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

Muloqotda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida 8 may kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, faxriylarimiz, do‘st xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

 

Rossiya Prezidenti davlat rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan ham tabrikladi.

 

Uchrashuvda ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalarining joriy va istiqbolli kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida qo‘llab-quvvatlash muhim ekani taʼkidlandi.

 

O‘tgan oyda Toshkent shahrida o‘tgan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining samarali natijalari yuqori baholandi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash surʼatini taʼminlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi. O‘zbekiston va Rossiya hududlari darajasidagi faol muloqotlar qo‘llab-quvvatlandi.

 

Bundan tashqari, tomonlar jadal madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishdan, jumladan, sog‘liqni saqlash, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat sohalarida tadbirlar o‘tkazishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 

Bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi