Siyosat

Berlinda Germaniya—O‘zbekiston qo‘shma biznes-forumi bo'lib o'tmoqda

Forumda ikki mamlakatning 250 dan ortiq yirik kompaniyalari, xolding va sanoat korxonalari, banklari, vazirliklari, idora va sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etyapti.

Berlinda Germaniya—O‘zbekiston qo‘shma biznes-forumi bo'lib o'tmoqda

 

Bugun, 2-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi arafasida Berlin shahrida qo‘shma biznes-forumi boshlandi

 

Forumda ikki mamlakatning 250 dan ortiq yirik kompaniyalari, xolding va sanoat korxonalari, banklari, vazirliklari, idora va sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi kuzatildi, so‘nggi 5 yil ichida bu ko‘rsatkich ikki baravar oshdi. 2022-yil yakuniga ko‘ra ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari yana 50 foizga ko‘paydi va birinchi marta 1 milliard yevrodan oshdi.

 

Sarmoyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasida ham izchil dinamika kuzatilmoqda. O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni bir necha yil ichida qariyb 3 barobar ko‘payib, 200 tadan oshdi. 2017-yildan beri o‘zlashtirilgan nemis investitsiyalarining umumiy miqdori 11 barobar o‘sdi va bugungi kunda 4 milliard yevrodan ortiqni tashkil etmoqda. Germaniyaning MAN, CLAAS, Knauf, GP Papenburg, Viyessmann, Deutsche Kabel, LEMKEN kabi ko‘plab kompaniyalari O‘zbekistonda allaqachon faol va juda muvaffaqiyatli biznes yuritib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirmoqda.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"