Jahon

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

Shu kungacha Muxtor Tlauberdi mamlakat TIVni boshqarib kelayotgandi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

 

Murat Nurtleu Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti farmonida so‘z boradi

 

Nurtleu shu kunga qadar Qozog‘iston Respublikasi prezidenti administratsiyasini boshqarib kelayotgandi. Faoliyati davomida u bir necha mamlakatda elchi bo‘lgan. Bundan tashqari, o‘tgan yili Respublika milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘rinbosari lavozimini egallagan.

 

Shu kungacha TIVni boshqarib kelgan Muxtor Tlauberdining qaysi lavozimga o‘tgani maʼlum emas.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"