O'zbekiston

O‘zbekiston Turkiyaga "modulli uy"lar jo‘natadi

Turar-joy konteyner inshooti Hatay viloyatidagi Ovakent qishlog‘iga o‘rnatiladi.

O‘zbekiston Turkiyaga "modulli uy"lar jo‘natadi

 

Anadolu” agentligining xabar berishicha, fevral oyida epitsentri Qahramonmarashda bo‘lgan halokatli zilzilalardan so‘ng Turkiyaga yordam qo‘lini cho‘zgan O‘zbekistonning xayriya yordami doirasida jo‘natiladigan har birida bir oila sig‘adigan 100 ta turar-joy konteyner inshooti Hatay viloyatidagi Ovakent qishlog‘iga o‘rnatiladi. Modulli uylar Istanbuldagi o‘zbek diasporasi tomonidan 2016 yilda tashkil etilgan Seyhun taʼlim va madaniyat uyushmasining bevosita ko‘magida o‘rnatilmoqda.

 

Ushbu modulli uylarning umumiy maydoni 21 metr kvadrat bo‘lib, unda oshxona, hojatxona va hammom mavjud. Konteynerlar issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan va turli mavsumiy omillarga chidamli. Ularni o‘rnatish 15 kishidan iborat jamoa tomonidan amalga oshiriladi.

 

«Ovakent hududida 100 ta konteyner o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Ayni paytda 80 dan ortiq konteyner o‘rnatish uchun qurilish materiallari mavjud. Konteynerlarimizning o‘ziga xos jihati shundaki, ular murvat bilan mahkamlangan, yaʼni istak bo‘lsa yig‘ilib, ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan», — deydi Uyushma rahbari Tohir Abdulla.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ovakentda konteyner o‘rnatish ishlari 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"