O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi

Holat yuzasidan Amudaryo tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanida qurilayotgan ko‘prik qulab tushgani aks etgan suratl tarqaldi. Holat yuzasidan Amudaryo tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog‘lovchi Amudaryo daryosi ustiga avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigini qurish ishlari boshlangan edi.

 

Yangi ko‘prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, Bosh loyihachi etib — “Boshtransloyiha” AJ, Bosh pudratchi etib — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning tarkibiy bo‘linmalari belgilangan.

 

Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temir yo‘l transporti tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynev” avtomobil yo‘lining 717-718-km oralig‘idan osma ko‘prik tarzda o‘tkazilgan.

 

Ushbu ko‘prikka 14-sonli ko‘prik qurilish otryadi tomonidan vaqtinchalik tayanch balkalar o‘rnatilgan edi. 23 mart kuni ertalab ushbu ko‘prikning vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi nomaʼlum sabablarga ko‘ra qulab tushgan.

 

Mazkur balkalar vaqtincha o‘rnatilgan bo‘lib, ko‘prik qurilishida vaqtinchalik vazifa bajaruvchi, yordamchi vosita hisoblanadi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.

 

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahridan tegishli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari chaqirilgan.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"