Siyosat

Turkiya elchisi: O‘zbekistondan Turkiyaga 644 ming AQSH dollari miqdorida naqd mablag‘ yuborildi

Olgan Bekar O‘zbekiston xalqiga zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Turkiya elchisi: O‘zbekistondan Turkiyaga 644 ming AQSH dollari miqdorida naqd mablag‘ yuborildi

 

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida Turkiyada bo‘lib o‘tkan zilzilada - O‘zbekiton tomonidan yuborilgan barcha yordamlarga minnatdorlik yuzasidan   tadbir o‘tkazildi. Unda elchi Olgan Bekar so‘zga chiqdi.  Diplomat 6 fevrl kuni yuz bergan zilzilani “Asr falokati” deb atadi. 

 

“Zilzila yaralarini bog‘lash uchun davlatimiz, xalqimiz va do‘stlarimiz ilk kundanoq to‘liq safarbar bo‘ldilar. Bunda butun dunyodagi do‘stlarimizni ham Turkiyani yonida ko‘rishdan mamnun bo‘ldik. 
Xalqaro hamjamiyat namoyish etgan favqulodda birdamlik va qo‘llov mushkul kunimizda bizga taskin bo‘ldi. Xalqaro miqyosda ko‘rsatilgan yordamlarda eng oldingi safda kelgan mamlakatlardan bittasi azaliy va abadiy qardoshimiz O‘zbekiston bo‘ldi.  
O‘zbekiston davlati va xalqi tarixda ham bo‘lgani singari, bu mashʼum falokatdan so‘ng ham, doimgi oliyjanobligini namoyish etib, o‘lkamizni yolg‘izlatib qo‘ymadi. O‘zbekiston xalqi va davlat tashkilotlari Prezident Mirziyoyev yetakchiligida deyarli safarbar bo‘lib qora kunda do‘st ekanliklarini ko‘rsatdilar. 
Dastavval Prezident Mirziyoyev, Vazirlar Mahkamasi va davlat tashkilotlarining deyarli barcha yuqori darajali rahbarlari Elchixonamizga tashrif buyurib, taʼziya daftarni imzolaganlari xotiradan hech qachon o‘chmaydigan birdamlik timsoli bo‘ldi”, – dedi Olgan Bekar. 


Elchi O‘zbekiston xalqi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Turkiyaga katta yordam ko‘rsatganini qayd etdi. Yurtimizdan yuborilgan qidiruv-qutqaruv jamoalari faoliyati alohida eʼtirof etildi. 


O‘zbekiston havo yo‘llari, Turk havo yo‘llari, MNG Kargo va yuk transportlari orqali bugungacha Turkiyaga 674 tonna gumanitar yordam ashyolari yetkazib berildi. 


Shu bilan birga, moliyaviy yordamlar “Ziraat bank O‘zbekiston” orqali bevosita yoki shu bankda Elchixona tomonidan ochilgan zilzila yordam hisoblari orqali Turkiyaga yuborildi. Bugungi kungacha 644 000 AQSH dollari miqdorida naqd mablag‘ jo‘natilgani taʼkidlandi. 


Rasmiy yordam hisoblariga mablag‘lar hamon kelishda davom etmoqda.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"