O'zbekiston

Bugun Senatning o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

Unda senatorlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.

Bugun Senatning o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

 

Bugun Oliy Majlis Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi muhokama qilinadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat aʼzolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

 

Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Qonunchilik palatasi qarorining (ilovalari bilan) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga moneʼlik qiluvchi holatlar aniqlanmadi. Konstitutsiyaviy sud tomonidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilindi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bugun Senatning o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi