O'zbekiston

Ayollar tashqi ko‘rinishini tanqid qilgan talaba qiz javobgarlikka tortildi

Unga nisbatan sud tomonidan jarima jazosi tayinlangan.

Ayollar tashqi ko‘rinishini tanqid qilgan talaba qiz javobgarlikka tortildi

 

Joriy yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqda arab davlatlarida keng tarqalgan «burqa» kiygan nomaʼlum ayolning “Ayollar ehtiyot bo‘ling” nomli videolavhasi tarqaldi. Unda ayollarning tashqi ko‘rinishi tanqidga olingani aks etgan. Holat bo'yicha shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida mazkur videorolik muallifi 2003 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, poytaxtdagi oliy taʼlim muassasalarining birida tahsil oluvchi fuqaro Q.Sh. ekanligi aniqlangan va 2 mart kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etilgan.

 

Suhbat davomida fuqaro ijtimoiy tarmoqda ayollarning tashqi ko‘rinishiga oid munosabatini shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda xorijiy saytlarning biridan olingan materiallar asosida bildirganligini, hozirgi kunda uy sharoitida videolavhada ko‘rsatilgan noanʼanaviy ayollar liboslarini (burqa) tikish va aholiga sotish bilan shug‘ullanishini maʼlum qilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, jins bo‘yicha bilvosita kamsitish, yaʼni bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo‘yadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, taʼlim, madaniyat orqali targ‘ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu Qonunning 29-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

 

“Shunday ekan, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishda insonlar o‘zlarining diniy va axloqiy qarashlari orqali boshqalarga baho berishi yoki boshqacha ko‘rinishda shaxsiy hayotiga aralashishi mumkin emas”, — deyiladi xabarda.

 

O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakatda hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Ushbu qonunning 5-moddasiga ko‘ra, mamlakatda vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklaridan biri sifatida jamoat tartibiga, fuqarolarning sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish belgilab qo‘yilgan.

 

Shu munosabat bilan sud idoralari tomonidan fuqaro Q.Sh.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1842-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"