Siyosat

Qirg‘iziston piyoz eksportidan taqiqni olib tashladi

Qonunchilikka ko‘ra, agar zaxiralar uch oylik ehtiyojni qoplasa, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlangan hisoblanadi.

Qirg‘iziston piyoz eksportidan  taqiqni olib tashladi

 

Taqiq aprel oyining oxirigacha amal qilishi kerak edi. Ammo Qishloq xo‘jaligi vazirligi uni bekor qilishni taklif qildi.

 

Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qirg‘iz Respublikasining piyozga oylik ichki talabi 6 ming tonnani tashkil etishi, fermerlarning 50 ming dona zaxirasi borligini qayd etgan.

 

Qonunchilikka ko‘ra, agar zaxiralar uch oylik ehtiyojni qoplasa, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlangan hisoblanadi. Qolaversa, aprel oyida yangi hosil yig‘im-terim boshlanadi, bu esa piyozning ko‘payishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida fermerlar zarar ko‘radi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Pokistonda piyoz hosili yetishmovchiligi bo‘lgani uchun uning boshqa davlatlardan importi oshirilgan edi. Natijada narxlarni ushlab turish va tanqislikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ushbu mahsulotni eksport qilishni taqiqladi.

 

O‘zbekistonda qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tn piyozni 1 aprelga qadar ichki bozorlarga kiritish rejalashtirilmoqda.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"