Jahon

Dard ustiga chipqon: Suriyada turar-joy binosi 7 ta oilani bosib qoldi

Binosi qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi jarohatlandi.

Dard ustiga chipqon: Suriyada turar-joy binosi 7 ta oilani bosib qoldi

 

Yakshanba kuni Suriya shimolidagi Aleppo provinsiyasida turar-joy binosining qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda Xitoyning Sinxua agentligi xabar berdi.

 

Shayx-Maqsud tumanidagi asosan kurdlar istiqomat qiladigan 5 qavatli bino suvning yuvilishi oqibatida qulab tushdi.

 

IIV maʼlumotlariga ko‘ra, uyda 7 ta oila istiqomat qilgan.

 

Sana davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar omon qolganlarni qidirishda davom etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"