O'zbekiston

Surxondaryoda qo‘lbola usulda paxta yog‘i ishlab chiqargan 76 yoshli otaxon sudlandi

U bundan avval ham xuddi shunday jinoyatda ayblanib, 1,5 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

Surxondaryoda qo‘lbola usulda paxta yog‘i ishlab chiqargan 76 yoshli otaxon sudlandi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudida muqaddam sudlangan 76 yoshli shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, 76 yoshli otaxon qonunga xilof ravishda moyjuvozda yog‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tekshiruv chog‘ida 15 kilogramm paxta yog‘i, 41 kilogramm chigit mahsuloti va qo‘lbola jihozlar topdi.

 

Sud chog‘ida maʼlum bo‘lishicha, sudlanuvchi avval ham xuddi shunday jinoyatda ayblanib, unga 1,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Ammo, u jazo tugashidan 11 oy oldin shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan.

 

Sud otaxonga JKning tegishli moddalari bilan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Ammo sudlanuvchi suddan yengillik so‘ragani va uning yoshini hisobga olib, unga ikki yillik sinov muddati berildi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, u to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"