O'zbekiston

Air Astana samolyotida 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan

Kecha Toshkentdan Olmaotaga uchgan samolyot kuchli turbulentlikka uchragandi.

Air Astana samolyotida 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan

 

Kecha, 2-yanvar kuni Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha KC128 reysini amalga oshirish chog‘ida Air Astana aviakompaniyasining samolyoti Chimkent parvozlarni boshqarish markazi hududida 350 (10600 M) balandlikda kuchli turbulentlikka uchragandi. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Samolyot Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da havoga ko‘tarilgan. Airbus A321 havo kemasi bortida 135 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj aʼzosi bo‘lgan.

 

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida 7 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) jabrlangan.

 

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16.45 da Olmaota aeroportiga qo‘ngan. Yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinalari aeroportda kutib olgan.

 

Havo kemasi qo‘nganidan so‘ng 2 nafar yo‘lovchi tibbiy yordam so‘ragan va ular Olmaotadagi shifoxonalardan biriga ko‘rikdan o‘tish uchun yuborilgan. Ko‘rikdan so‘ng singan tan jarohatlari qayd etilmagan, tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yo‘lovchilar kasalxonaga yotqizishdan bosh tortishgan.

 

Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu fakt vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi hamda natijalari bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha axborot beriladi.

 

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"