Jahon

Shimoliy Koreya yangi yilni raketalar sinovi bilan boshladi

O‘tgan yili KXDR 70 dan ziyod raketa uchirgandi.

Shimoliy Koreya yangi yilni raketalar sinovi bilan boshladi

 

KXDR 1-yanvar kuni raketa uchirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 31-dekabr kuni ham raketa sinovlari o‘tkazilgan. Shu tariqa Shimoliy Koreya 2022-yilda jami 70 dan ortiq sinovlarni amalga oshirdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning so‘nggi va yangi yilning birinchi kunida o‘ta yirik yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan raketa uchirilgan. Uning kalibri 600 mm ekanligini aytilmoqda. Reuters ushbu tizimlarga taktik yadro quroli o‘rnatilishi mumkinligini qayd etgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"