Ukraina, Suriya, Koreya: 2022-yilda qaysi davlatlar “qaynoq” nuqtaga aylandi?

Yakunlanayotgan yil qaysidir maʼnoda nizo va mojarolar yili bo‘ldi, deyish mumkin. Bir tomonda Yevropaning qoq markazida keng qamrovli qurolli mojaro boshlangan va uning oxiri ko‘rinmayapti. Ikkinchi tomondan dunyoning shu kunga qadar nisbatan barqaror bo‘lib kelgan mintaqalarida keskinlik kuchaydi. Zamon.uz 2022-yilning eng asosiy mojarolariga to‘xtalib o‘tadi.

Ukraina, Suriya, Koreya: 2022-yilda qaysi davlatlar “qaynoq” nuqtaga aylandi?

 

Yakunlanayotgan yil qaysidir maʼnoda nizo va mojarolar yili bo‘ldi, deyish mumkin. Bir tomonda Yevropaning qoq markazida keng qamrovli qurolli mojaro boshlangan va uning oxiri ko‘rinmayapti. Ikkinchi tomondan dunyoning shu kunga qadar nisbatan barqaror bo‘lib kelgan mintaqalarida keskinlik kuchaydi. Zamon.uz 2022-yilning eng asosiy mojarolariga to‘xtalib o‘tadi.

 

Ukraina

 

2022-yilning 21-fevralida Rossiya rahbari Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi va Donetsk xalq respublikasini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu shusiz ham o‘gir vaziyatni yana-da keskinlashtirdi.

 

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar seriyasiga strat berishdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo‘shildi. Bu orada Ukrainani Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.

 

24-fevral kuni Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari “maxsus harbiy operatsiya” boshlaganini eʼlon qildi va Ukrainaga hujum boshlandi. Shunday qilib dunyoda yangi urush nuqtasi paydo bo‘ldi va bu alanga hali ham o‘chganicha yo‘q. Mazkur vaziyat nafaqat harbiy, balki gumanitar muammolarni ham keltirib chiqardi. Yevropa tomon ukrainalik muhojirlar karvoni yo‘lga chiqdi. Aksariyat davlatlar ularga boshpana berib kelmoqda.

10-oktyabrdan boshlab Ukrainaning ko‘plab yirik shaharlari va poytaxt Kiyev raketa hujumlariga uchradi. Elektr stansiyalariga zarar yetishi oqibatida mamlakat hududlari  zulmatda qoldi.

 

Albatta, ikki tarafni yarashtirishga urinib, oraga tushgan davlatlar ham bo‘ldi. Masalan, Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bir necha bor Zelenskiy va Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga va  shu yo‘l bilan muammoni hal qilishga harakat qildi. Na Moskva, na Kiyev bu chaqiriqqa javob bermagan.

 

Tayvan

 

Iyul oyi oxiriga kelib jahon hamjamiyati eʼtibori Ukrainadan Tayvanga qaratildi. Bu hudud yangi mojaro nuqtasiga aylandi. AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga tashrifi Xitoy hukumatini g‘azab otiga mindirdi. Pekin Vashingtonni bu tashrif amalga oshirilsa, oqibati jiddiy bo‘lishidan ogohlantirgandi.

 

Barcha tahdidlarga qaramay, Pelosining samolyoti Taybey aeroportiga qo‘ndi. Kongressdagi 35 yillik faoliyati davomida Xitoyning ashaddiy tanqidchisi bo‘lib kelgan Pelosi xonim 1997-yildan buyon orolga kelgan AQSHning eng yuqori martabali shaxsi bo‘ldi.

 

Xitoy esa orol yaqinida o‘t ochishlar orqali harbiy mashg‘ulotlar boshladi. Bundan tashqari, Tayvandan shimolda, janubi-g‘arbda va janubi-sharqda suv va havo hududida ham mashqlar tashkil qildi.

 

Xitoy TIV bu safarni mamlakat suverenitetiga daxl qilish deb baholadi. Shundan keyin Xitoy orolga nisbatan sanksiyalar joriy etib, ayrim mahsulotlar ekpertini to‘xtatdi. Yil davomida Pekin Tayvanni qaysidir maʼnoda G‘arb mamlakatlaridan qizg‘onib keldi, deyish mumkin.

 

TIV dunyoda yagona Xitoy mavjudligini, Tayvan XXR hududining ajralmas qismi ekanligini, “yagona Xitoy” tamoyili esa jahon hamjamiyatining umumiy konsensusi va xalqaro munosabatlarning umumeʼtirof etilgan asosiy meʼyori ekanligini taʼkidladi.

 

Koreya yarimoroli

 

Shimoliy va Janubiy Koreya mojarosi anchadan beri davom etib kelmoqda, ammo 2022-yilda vaziyat ancha jiddiylashdi.

 

Yangi yilni Pxenyan yangi raketa uchirishlar bilan boshladi. Yanvar oyi boshida Yapon dengizi tomon uchirilgan raketalar Seul bilan birga Tokioni ham bezovta qildi. Bu faqat boshlanishi edi xolos. Ballistik raketalar sinoviga yashil chiroq yoqqan Shimol har hafta (baʼzi vaqtlarda haftasiga 2-3 martagacha) parvozlarni amalga oshirdi. AQSH esa bu vaziyatga aralashishga qaror qildi.

 

Kambodjada bo‘lib o‘tgan Sharqiy Osiyo sammitida Prezident Jo Bayden janubiy koreyalik va yaponiyalik hamkasblari Yun Sok Yol va Fumio Kisida bilan birgalikda Shimoliy Koreyaning tahdidli yadroviy hamda ballistik raketa dasturlariga birgalikda javob qaytarishga kelishib oldi. Dengizda va quruqlikda boshlangan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar Pxenyanning popugini pasaytirish o‘rniga uni battar qo‘zg‘atdi.  Shimol Yapon dengizi tomon tinimsiz uzoq masofali ballistik raketalar uchirdi. Mamalakat TIV buni uch mamalakatning harakatlariga jabob deb atab, harbiy mashg‘ulotlari Koreya yarimorolidagi keskinlikni oshirayotganini aytgan.

Yil so‘ngiga kelib esa Koreya yarim orolidagi vaziyat yana-da keskinlashdi. 26-dekabr kuni Janubiy Koreya qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar va havo hujumidan mudofaa tizimlarida Shimolning dronlari tufayli ogohlantirish eʼlon qildi.

 

Xabarlarga ko‘ra, nomaʼlum qurilmalar mamlakat chegarasini kesib o‘tgan va Seulga yaqinlashgan. Bu katta ehtimol bilan dronlar bo‘lishi mumkin. 5 ta dron ikki Koreyani ajratib turuvchi harbiy demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tib, Paju, Gimpo va Gangva orollarida kuzatildi. Bu esa Seul aeroportlarida fuqarolik reyslarining vaqtincha to‘xtatilishiga sabab bo‘ldi.

 

Janub ularga 100 tagacha ogohlantiruvchi o‘q uzgan, biroq ularni urib tushira olmagan. Janubiy Koreya havo hududining buzilishiga javoban samolyotlarni  uchirdi, ammo KA-1 hujumchi samolyoti nomaʼlum sababga ko‘ra halokatga uchradi. Buning uchun harbiy davlatlar Shimoliy Koreyani ayblamoqda. Mutaxassislar 2023 yilda Koreya yarim orolida mojaro bo‘lishini istisno etmayapti.

 

Suriya

 

2022 yilning noyabr oyida Suriya ham yana bir “qaynoq nuqta”ga aylandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Suriyada quruqlik operatsiyasini boshlashi mumkinligini aytdi. Anqara 13 noyabrda Istanbulda 8 nafar odamning hayotiga zomin bo‘lgan portlashda Suriya shimolida joylashgan Kurdiston ishchilar partiyasini aybladi.

 

Turkiya 20-noyаbr kuni Suriya va Iroq shimolidagi kurd jangarilarining bazalariga havodan zarbalar berdi. Aviazarbalar natijasida 89 ta nishon, jumladan, boshpana va o‘q-dorilar ombori yo‘q qilingan. Uch nafar suriyalik halok bo‘ldi. Suriyaning SANA davlat agentligi Aleppo va Hasek viloyatlarida bir necha askar halok bo‘lganini maʼlum qildi. Operatsiyaga 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron jalb qilingandi.

Tahlilchilarning fikricha, Ukrainadagi urush sabab Rossiyaning Suriyada taʼsiri ancha kamaygan va Turkiya bu imkoniyatdan foydalanishga intiladi.

 

Erdo‘g‘an bundan ichki siyosiy foyda ko‘rishga ham harakat qiladi. Masalan, Suriya shimolidagi barqaror vaziyat suriyalik qochqinlarning bir qismini vataniga qaytarishga imkon beradi. Bu esa 2023 yil iyuniga belgilangan saylovlardan oldin Erdo‘g‘an hukumati uchun muhim siyosiy yutuq deb ko‘rilishi mumkin.

 

Turkiya hozirda xalqaro va diplomatik izolyatsiyadan chiqishda Rossiyaga yordam bera oladigan mamlakatlardan biri. Shuningdek, u AQSHga ham kerak, chunki turk qo‘shinlari NATOning Suriyada Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan Asad rejimiga qarshi kurashayotgan yagona vakilidir.

 

Nasiba To‘xtayeva tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"