Siyosat

Termizda Afg‘oniston iqtisodiyotiga mutaxassislar tayyorlash uchun taʼlim klasteri tashkil etiladi

"Xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifasi Afg‘onistondagi insoniy halokatning oldini olishdan iborat bo‘lishi kerak" — V. Norov.

Termizda Afg‘oniston iqtisodiyotiga mutaxassislar tayyorlash uchun taʼlim klasteri tashkil etiladi

 

1-dekabr kuni Polshada o‘tkazilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Vladimir Norov Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

 

 “Xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifalari Afg‘onistondagi insoniy halokatining oldini olish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga integratsiya qilish, bu mamlakatda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lishi kerak, – dedi V. Norov.

 

O‘zbekiston TIV rahbari yig‘ilish ishtirokchilari eʼtiborini O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga qaratdi. Strategik muhim loyiha “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l loyihasini amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, Afg‘onistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb etish va uni bu ikki mintaqani bog‘laydigan ko‘prikka aylantirish uchun katta imkoniyatlar ochadi. 

 

Vazir YEXHT hamkorlarini uzoq qiyin vaziyatdagi afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun Termiz shahridagi Xalqaro transport va logistika xabidan foydalanishga, shuningdek, Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun Termiz shahrida taʼlim klasterini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashga taklif qildi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"