Siyosat

O‘zbekistonlik deputatlar Germaniya Bundestagi faoliyati bilan tanishmoqda

Ayni kunlarda Parlament a’zolari amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonlik deputatlar Germaniya Bundestagi faoliyati bilan tanishmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Devon xodimlari hamda Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti vakillaridan iborat delegasiya amaliy tashrif bilan Germaniyaga bordi.

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston parlamenti a’zolari Germaniya Bundestagi faoliyatini tashkil etish tajribasi, jumladan, uning boshqaruvi, ilmiy xizmati, doimiy komissiyalari, parlament nazorati va murojaatlar organlari, kutubxonalar va boshqa tuzilmalari faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

 

Shuningdek, partiya fraksiyalari, ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar faoliyati, Bundestag va saylov okruglaridagi yalpi majlislar jarayoni bilan tanishishi rejalashtirilgan.

 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi besh yilda parlament delegasiyalarining 10 dan ortiq tashriflari amalga oshirilgan. Germaniya parlamenti a’zolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan turli anjuman, forum va boshqa tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Germaniya Bundestagi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi va Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo” Parlament guruhi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"