Jahon

Shimoliy Koreya yana “raketa o‘yini” boshladi

Pxenyan bu AQSH va Janubiy Koreyaga javob ekanini aytmoqda.

Shimoliy Koreya yana “raketa o‘yini” boshladi

 

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon navbatdagi qisqa masofali ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, “Yonhap” nashri yozmoqda.

 

“Shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi mahalliy vaqt bilan soat 15:31 da Janubiy Pyongan viloyatidagi Sukchon hududidan uchirilganini aniqlaganini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq Shimoliy Koreya rasmiylari ketma-ket ikki kun Yapon dengizi tomon ballistik raketalarni uchirayotgani xabar qilingandi.

 

KXDR raketa uchirilishini AQSH va Janubiy Koreyadan kelayotgan tahdid bilan izohladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"